Archive for May, 2014

Bola kulsa – olam guliston! Dunyoda bola kulgusidan yoqimli narsa bo‘lmasa kerak. Uning beg‘ubor nigohlariga qarab, shirindan shirin gaplarini eshitib, barcha charchog‘ing unut bo‘ladi. Ollohning bizga bergan bunday ne’matidan bahramand bo‘lish barchaga nasib qilsin.  Chunki,  “Bolali uy bozor, bolasiz uy mozor” deb bekorga aytishmagan.”Guruch kurmaksiz bo‘lmagani”  kabi birovlar bir tirnoqqa zor bo‘lsa, ayrimlar bezor bo‘lib o‘z farzandidan voz kechayotganlar ham bor. Bundaylarni inson deb atashgayam tiling bormaydi. Olamning mo‘jizasi bo‘lmish farzandlarimiz hamiysha sog‘lom va baxtli bo‘lishsin!

1-iyun – Xalqaro bolalarni ximoya qilish kuni bilan barcha bolalarni va ularni dunyoga keltirib, haqiyqiy komil inson bo‘lib voyaga yetishida o‘z mehnatini sarflayotgan ota-onalarni chin qalbdan samimiy qutlayman!

Prezidentimiz bu yilni “Sog‘lom bola yili” deb bekorga nomlagani yo‘q. Zero sog‘lom bola – yurt kelajagidir!

“Qush uyasida ko‘rganini qiladi” deganlaridek, farzandlarimiz bizning faqat yaxshi xususiyatlarimizni o‘zlariga meros qilsin. Biz esa shunga munosib ota-ona bo‘laylik!

Kechagina maktabning so‘ngi qo‘ng‘irog‘i chalingan bitiruvchilarga bugun ona tili va adabiyoti fanidan davlat attestasiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu yil maktabimizni jami 80 o‘quvchi bitirmoqda. Shundan:

9 “A” qoraqalpoq sinfini 21

9 “B” rus sinfini 29

9 “V” rus sinfini 30 o‘quvchini tashkil etadi.

Ertalab soat 8:00 da yozma ish konvertlari 3 varianttan birini tanlash yo‘li bilan ochildi va imtixon boshlandi.

9″A” sinfda

  • Imtixon komissiyasi raisi: Ametova Zibagul Kipchakbaevna (tarix fani o‘qituvchisi)

  • Imtixon oluvchi: Ganieva Nadira Paraxatovna

  • Assistent: Abdijabbarova Xurlixan Abdirametovna

Imtixonlarni a’lo baholarga topshirishda barcha o‘quvchilarga omad tilaymiz!!!

 

 

Mana bir pasta o‘quv yili ham o‘z yakuniga yetmoqda. Go‘yo yaqindagina mustaqillik darsini  o‘tgandik, bugun esa darslikning so‘ngi varaqlarini o‘qib tugatdik. “Vaqt – oqar daryo” deb shuni aytishsa kerak….

Bundan to‘qqiz yil muqaddam maktab ostonasiga ilk qadam qo‘ygan jajji poloponlar, bugun erkin parvozga shay, katta hayot ostonasi sari uchishga tayyor qaldirg‘ochlarga aylangan. Bugun ularga jonajon, ona maktabida so‘ngi bor qo‘ng‘iroq chalinadi…

Butun O‘zbekiston maktablari qatorida bizning maktabimizda ham bugun “So‘ngi qo‘ng‘iroq” kechasi tantanali ravishda bo‘lib o‘tdi. Maktabimiz direktori Abdirova Gulayim Charjouovna barchani bayram bilan qutlab, bitiruvchilarga oq yo‘l tiladi.  So‘ng 9-sinf bitiruvchilarining ustozlarga bag‘ishlab tayyorlagan konsert dasturi boshlandi. Rangbarang raqs va musiqa, qo‘shiqlar guldastasidan tuzilgan konsert dasturi barchanga manzur bo‘ldi.

 

Ushbu bayram munosabati bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi O’lkashunoslik muzeyining  ko’chma ko’rgazmasi tashkil etilgan bo’lsa, I.V.Saviskiy nomidagi san’at muzeyida “Muzey tuni” bo’lib o’tdi. Bu tadbirlarda respublikamizning barcha tumanlaridan mexmonlar ishtirok etib, ularda o’z yurti va madaniyati bilan faxrlanish xissi yanada ortdi.

 

 

 

“Beshikdan qabrgacha ilm izla” degan naqlga amal qilgan holda ancha yillardan beri veb-saytni tayyor shablonda emas, balki HTML da o‘z qo‘lim bilan yaratishni ko‘nglimga tugib qo‘ygandim. Buning uchun maxsus dasturlarni o‘rganib chiqishim lozim edi. Ayni paytda o‘z maqsadimga erishish arafasidaman.
Yaratayotgan yangi veb-saytim “Karakalpak language” (Qoraqalpoq tili) deb nomlanib, unda qoraqalpoqcha-ruscha-inglizcha so‘zlashuv lug‘ati, qoraqalpoq adabiyoti va madaniyati haqidagi ma’lumotlar joy olgan. Bu yangiligim hammaga manzur bo‘ladi degan umiddaman.
Sayt yaqin kunlarda tarmoqqa qo‘shiladi va uni manzilini ushbu sayttan olishingiz mumkin bo‘ladi.

Butun hayotini haydovchilikka bag'ishlagan inson...

O‘tmishsiz kelajak yo‘q” deganlaridek, agar o‘sha urushda vatan uchun o‘z jonini qalqon qilgan mard o‘g‘lonlar g‘alaba qozonmaganida bizga bu obod va tinch kunlar nasib qilmagan bo‘lardi balkim…

Hammani bayram bilan chin qalbdan samiymiy qutlayman! Osmonimiz ochiq va musaffo, tinchligimiz abadiy bo‘lsin!

 

Bugun menga oMangu xotirlaymiz sizlarni... ‘z pand-nasixatlari bilan odob-axloq, yaxshilik va yomonlik haqida bergan hayot saboqlari tufayli hayotda o‘z o‘rnimni topishimda bevosita sababchi bo‘lgan qadrdonlarim – buvam Abdisamet va buvim Umgulsinni, bobom Elmurat va momom Aruxanni hurmat va extirom bilan xotirlayman.

Bobom (onamni otasi) Babadjanov Elmurat 1920-yil 9-mayda tug‘ilgan. U 1941-1945-yillar urush qatnashchisi. Boshidan ko‘p qiyinchiliklarni o‘tkazgan. Bizga so‘zlab bergan voqealari huddi ertakka o‘xshaydi. Urushdan qaytgandan keyin pedagogika kollejida o‘qib, o‘qituvchilik qilgan. Nafaqaga chiqqandan keyin esa Fuqoralar yig‘ini raisi lavozimida ancha yillar ishladi va xalqni hurmatiga sazovar bo‘ldi. Bobomni bobosi esa qoraqalpoqlarning og’a-bobosi Radjab (Yerejep tentek) degan buyuk tarixiy shaxs bo‘lgan. Boshqa nabiralaridan ko‘ra aynan bobomiz Elmuratning yuz tuzilishi o‘sha Radjab bobomizga o‘xshar ekan. Uni shum ajal oramizdan 2003-yil 11-mayda olib ketdi.

Maktabimiz o‘quvchilari nafaqadagi o‘qituvchilarni eslab, ularni xonodonlarida mehmonda bo‘lishdi. 7″b”(rus) sinfi o‘quvchilari sinf rahbari Zibagul Ametova bilan birga rus tili fani o‘qituvchisi Elezavetta Makarovnani bayram bilan tabriklashdi. Yolg‘iz yashayotgan ustoziga uy ishlarida yordam berishib, eng yaxshi she’r va qo‘shiqlarini in’om etishdi. Elizavetta Makarovna xursandligidan ko‘ziga yosh oldi. Axir aytadilarku, “Ustoz – otangdek ulug‘”, “Bir harf o‘rgatgan ustozga qirq yil salom ber”.  O‘quvchilar bu kabi xayrli ishlarni har yili bajarishadi.

Shuningdek, 9″a”sinf o‘quvchilari matematika fani o‘qituvchisi Mamutova Ulbosin opani, 9 “b” sinf o‘quvchilari matematika fani o‘qituvchisi Arzueva Aypatsha opani, 9″v” sinf o‘quvchilari o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida ishlab ketgan Ametova Gulayim opani bayram bilan qutlashib, ko‘ngillarini ko‘tarishdi. Bunday savob ishni har birimiz har kuni qilishimiz kerak!

Qariyb 20 yildan buyon o‘zbek va qoraqalpoq tili lotin imlosi asosida yuritilayotgan bo‘lsa ham, hujjat yoki boshqa da yozuvlarni kirill grafikasida olib boradiganlar soni ko‘pchilikni tashkil etadi. Balkim ularda hali kompyuterda lotin klaviaturalarini tez terish ko‘nikmasi yo‘qdir…
Ana shunday muommolarni hal etish uchun yaqinda Xo‘jayli tumani 69-sonli maktabning qoraqalpoq tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Reypnazarov Adil Translitor dasturini ishlab chiqdi. Ushbu dastur juda qulay bo‘lib, Times New Roman shriftida yozilgan qoraqalpoq, o‘zbek va boshqa tilidagi matnlarni lotindan kirillchaga, kirilldan lotinchaga o‘girishda qo‘llanish mumkin.
Men bu dasturni o‘zbek tilidagi matnlarni kirilldan lotinga va lotinda kirillga o‘giradigan qilib qayta ishlab chiqdim.
Dastur qo‘yidagicha ishlaydi:
1. Kirill grafikasida yozilgan matn tanlanib, undan nusxa olinadi “Копировать”;
2. Translitor dasturi ochilib “Вставить все” tugmasi bosiladi;
3. “Загрузить правила” menyusiga kirib, kerakli qoida yuklanadi va “Айландырыу” tugmasi bosiladi;
4. “Скопировать всё” tugmasini bosib, WORD hujjatga “Вставить” orqali joylashtiriladi. (rasmga qarang).


Agar ushbu ma’lumot sizda qiziqish uyg‘otgan bo‘lsa kamalov_aydos@mail.ru yoki khurli_1983@inbox.uz elektron manziliga murojaat qiling.

Bolaga do‘stona munosabatdagi maktab dasturi (BDMM) BMT Bolalar Jamg‘armasi-YUNISEF tomonidan loyiha tarzida 1997 yili Taylandda tatbiq etila boshlangan va uning boshlanishidanoq Bola huquqlari to‘g‘risida Konventsiyani amalda tatbiq etish imkoniyatlari yaratilgan. Hozirgi kunda BDMM to‘g‘risida turli tasavvurlar mavjud. Masalan, Butun Dunyo sog‘liqni saqlash tashkiloti BDMM tushunchasiga bir tomonlama yondoshib, unda bolaning jismoniy va ruhiy rivojlanishiga alohida urg‘u bergan. BMT Bolalar Jamg‘armasi tomonidan tavsiya etilayotgan BDMM konsepsiyasi esa bola rivojlanishidagi barcha jihatlarni e’tiborga olgan holda bir-biridan ajralmas va bir-biriga bog‘liq besh komponentni o‘z ichiga oladi. Bu komponentlar bola rivojlanishi jarayonining ajralmas qismlari bo‘lib, har bir bola rivojlanishida birdek muhim rol o‘ynaydi.
O‘zbekiston Respublikasi XTVning BMT Bolalar Jamgarmasi-YUNISEF bilan hamkorligidagi “Bolaga do‘stona munosabatdagi maktabni yaratish” dasturi 2002 yildan O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilmoqda.


Bolaga do‘stona munosabatda bo‘lgan maktab – bu asosiy ahamiyatni bolaga qaratadigan va keng ma’noda bolani butun bir shaxs sifatida qaraydigan va uni tushunadigan ta’lim muhitidir. Shuning uchun bu ta’lim asosini bolalarning real hayotini va talabini hisobga olish tashkil etadi.
Bolaga do‘stona munosabatda bo‘lgan maktablar samarali ta’lim beradigan, bolalar manfaatini himoya qiladigan, ota-ona va mahalla bilan bog‘liq ta’lim muhitini namoyon qiladi. Bunday maktablar, bolalarni sifatli ta’lim bilan ta’minlash, bolalarni jismoniy va aqliy takomillashuvini rivojlantirish yo‘lida huquqlarni hurmat qilish negizida olib boriladi.

Bolaga do‘stona munosabatdagi maktabni yaratish dasturining asosiy maqsadi – bu har bir bolaga sifatli ta’lim olish huquqining kafolatlashdir. Shu bilan bir qatorda bolani har taraflama rivojlantirish, ularda hayotiy ko‘nikmalar hosil qilish va sog‘lom, barkamol bo‘lishi uchun quyidagi vazifalarni ham o‘z oldiga qo‘yadi:
• Bolalarning maktab va jamiyatdagi faol ishtirokini rag‘batlantirish;
• Bolalarni sog‘ligi va farovonligini yaxshilash;
• Bolalar uchun xavfsiz va himoyalangan o‘quv muhitini ta’minlash;
• Bolalarni maktabga qatnashi va o‘quv jarayonidagi ishtirokini rag‘batlantirish;
• Bolalarni yuqori akademik natijalar va muvaffaqiyatlarga yo‘naltirish;
• O‘qituvchilarning ma’naviy ruhiyatini va rag‘batini oshirish;
• Ta’limga jamoatchilik ko‘magini safarbar qilish.

2013-2014 o’quv yilida chet tilini o’qitishga alohida etibor qaratilgani bizning maktab uchun keng imkoniyatlar eshigini ochdi desak adashmaymiz. Chunki maktabimiz ingliz tiliga ixtisoslashtirilgan bo’lib, o’quvchilarimiz 2-sinfdan boshlab ingliz tilini tajribali va yuqori malakali ustozlardan o’rganib kelmoqda. Bu yildan esa 1-sinflar ham qo’shildi.
Hali ingliz tili bilan tanishganiga 10 kun bo’lmagan 1-sinf o’quvchilarining hurmatli vazirimiz U.Inoyatov maktabimizga tashrif buyurganida u bilan bemalol ingliz tilida salomlashib, o’zini tanishtirishi ushbu fan o’qituvchilarining katta yutug’idir. Buni hurmatli vazirimiz ham alohida e’tirof etdilar.
Maktabimiz Qoraqalpog’iston Respublikasidagi ingliz tili fani bo’yicha Mahorat maktabi sanaladi. Shu sabab har oy amaliy-metodik seminarlar muntazam o’tkazib kelinmoqda.

Ushbu o’quv yilida “Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi” ko’rik-tanlovida maktabimizning o’zbek tili fani o’qituvchisi Ataniyazova Minura va ingliz tili fani o’qituvchisi Badirova Nurjamal Qoraqalpogi’ston Respublikasida I o’rinni egallab, O’zbekiston Respublikasi bosqichida ishtirok etishga muvaffaq bo’lishdi. Shuningdek, georafiya fani o’qituvchisi Tajenov Azamat Qoraqalpogi’ston Respublikasida II o’rinni egallab, ular maktabimiz obrusini bir pog’ona ko’tardilar. O’tgan yilgi tajribamga suyanib men ham ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlashga harakat qildim. Bundan g’oyat xursandman. Biz sizlar bilan faxrlanamiz!!!