16-iyun kuni maktabimiz o’qituvchilar bilan DTM talabiga binoan oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlariga kirish imtixonlarini nazorat qilish va tashkil etish bo’yicha o’quv seminari bo’lib o’tdi. Seminarni Berdaq nomidagi qoraqalpoq Davlat Universiteti domlasi Abishev Genjemurat olib bordi. U Test sinovlari paytida auditoriya rahbari va auditoriya kuzatuvchilarining bajaradigan vazifalari bilan o’qituvchilarni yaqindan tanishtirib o’tdi va Davlat test markazi tarafidan tayyorlangan qisqa filmni namoyish etdi. O’qituvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollari bilan seminarda faol ishtirok etishdi va o’zlariga yuklatilgan vazifani sidqi dildan bajarishlarini takidlab o’tishdi.

Leave a Reply