Yilning eng yaxshi fan o'qituvchisi-2013
Abdijabbarova Xurlixan Abdirametovna 1983-йил 4-yanvarda Qoraqalpog’iston Respublikasi Xo‘jayli shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2001-2005-yillardа Nukus davlat pedagogika institutini muvaffaqiyatli tamomlagan. Diplom bo‘yicha mutaxassisligi qoraqalpoq tili va adabiyoti o‘qituvchisi. 2006-yildan buyon Nukus shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida o‘z ixtisosligi bo‘yicha II toifali o‘qituvchi bo‘lib ishlab kelmoqda.
Abdijabbarova Xurlixan faoliyati davomida maktabda o‘zini ijobiy tarafdan namoyon eta oldi. 2007-yil «Kompyuter savodxonligi bo‘yicha yilning eng yaxshi pedagog jamoasi» tanloviga O‘zbekiston Respublikasi miqiyosida tanlovga qatnashib sovrinli o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi.
2008-yil 3-30-mart oralig‘ida Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasida o‘z malakasini oshirib, jamg‘arma sertifikatini olishga muvaffaq bo’ldi.
Shuningdek, u “Bolaga do‘stona munosabatdagi maktab” dasturida dars ishlanmalarini yozib va ushbu dastur asosida respublika, shahar miqiyosidagi ochiq darslarni tashkil etib, faol ishtirok etib kelmoqda. 2008-yil yanvar oyida uning 2 ta dars ishlanmasi (N.Japaqovning “Aldang’an bo’ri” she’ri (5-sinf. III chorak, 60-dars) va Kaykovusning “Qobusnoma” asaridagi “Do‘st tanlash haqida” bo‘limi (5-sinf. IV chorak, 77-dars) Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘quv – metodik markazi tomonidan Ilmiy metodik kengash majlisida tasdiqdan o‘tdi va ommalashtirildi. 2010-yildan buyon ushbu dastur bo‘yicha trenerlik faoliyatini olib bormoqda.
U maktabdagi o‘qituvchilik faoliyatidan tashqari darsliklar yozish va ularga muharrirlik qilish bilan ham shug‘illanadi. Jumladan, 2007-yil “O‘zbekiston” nashriyotida chop etilgan 5-sinflar uchun “Qoraqalpoq tili” va 2008, 2010, 2012 yillari chop etilgan 3-sinflar uchun “Ona tili” va “O‘qish” darsliklariga mualliflik qilgan bo‘lsa, 4-sinflar uchun “Ona tili” va “O‘qish” (2007, 2009), 5-sinflar uchun “Adabiyot” (2007, 2011), 6-sinflar uchun “Qoraqalpoq tili” va “Adabiyot” (2009) darsliklariga muharrirlik qilgan.
2011-yil XTV buyurtmasi bo‘yicha Toshkent shahrida “MG Electro” МChJ tomonidan 6, 7, 8, 9 – sinflar uchun tayyorlangan “Qoraqalpoq tili” elektron axborot resurslarining tayyorlanishida faol ishtirok etdi.
X.Abdijabbarova 2008 – yildan buyon uzviylashtirilgan o‘quv dasturlarini tayyorlash va ularni amalga tadbiq etish bo‘yicha ekspert guruhi a’zosi.
Ayni paytda u o‘z darslarini “Dars – muqaddas” tadbiri asosida AKT dan foydalangan holda (integrasiyalashgan darslar) tashkillashtirib, amaliy-nazariy seminarlarda, fan oyliklarining yakuniy festivallarida kor‘gazmali ochiq darslar o‘tib kelmoqda. Jumladan, 2012 yil 21-fevral – Xalqaro ona tillar kuniga bag‘ishlangan “Til bilgan – el biladi” mavzusida (Nukus sh. 18-sonli maktabda) tashkil etilgan amaliy – metodik seminarda 7-sinfda “Modal so‘zlar va ularnining ma’nolari” mavzusida, 27-fevral kuni 1-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida “Uzviylashtirilgan o‘quv dasturi va uni zamonaviy dars ishlanmasi asosida o‘qitish metodikasi” mavzusida o‘tkazilgan amaliy-metodik seminarda 6-sinfda “Olmoshning sintaktik xizmati” (dars nomi: Navoiydan savod ochdim…) mavzusidagi ochiq darslari bilan ishtirok etdi.
Xurlixon Abdijabbarova bu yil qoraqalpoq tili va adabiyoti fani bo´yicha “Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi – 2013” tanlovida ishtirok etib, O´zbekiston Respublikasi miqiyosida 1-o´rinni egallashga muvaffaq bo´ldi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.
Qayta aloqa: khurli_1983@inbox.uz

Leave a Reply